Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra, Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro bilan oldindan til biriktirib, fuqaro X.ga Qozog`iston Respublikasi universiteti iqtisodiyot fakultetining 1-bosqichini tugatganligi to`g`risida qalbaki hujjat tayyorlab berib, tanishlari orqali o`qishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ko`chirib berishni va`da qiladi.
Evaziga 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.