AsosiyJamiyat

“Ijobiy olam” – Yangi Oʻzbekistonning navqiron qiyofasi

'“Ijobiy olam” – Yangi Oʻzbekistonning navqiron qiyofasi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «Yangi O`zbekiston. Yangi ingoh» media dasturi doirasida o`nlab loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Media-dasturdan o`rin olgan yirik loyihalardan biri «Ijobiy olam» media-loyihasidir. 

Mazkur loyihada ijtimoiy tarmoqlar, ommabop messenjerlarda yaratiladigan kanallar orqali Yangi O`zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar, yurtimiz tarixi, madaniyati, tabiati, milliy qadriyatlari, bugungi kunning yorqin manzaralari haqidagi xabarlar, ma`lumotlar, fotosuratlar hamda videolavhalar berib borish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi mas`ul xodimlari va bir guruh yosh ijodkorlar bilan o`tkazilgan navbatdagi suhbatda ham ana shu loyihaning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmi haqida so`z bordi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar yoshlarimizning asosiy axborot manbaiga aylangan, – deydi O`zEOAVMA bosh direktori o`rinbosari Rustam Jabborov. – Shu bois ushbu loyihaga asosan yoshlarni jalb qilayapmiz. Ular o`zlari tashkil etgan kanallar orqali turli sohalarga oid ijobiy yangiliklar, suratlar va lavhalarni e`lon qilib boradilar. Katta auditoriya to`plagan yoshlarimiz Assosiasiya tomonidan rag`batlantirib boriladi.

Loyiha doirasida yoshlar tomonidan iqtisodiyot, jamiyat, madaniyat, sport, kino, tarix, adabiyot kabi mavzularga yo`naltirilgan o`ndan ortiq kanallar ishga tushirildi.

Boshqa yangiliklar