Biroz avval xabar berganimizdek, AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva aholidan kelgan savollarga javob berdi. Shu qatori "Vaksina olmagan xodim ishdan chetlatiladi deyildi. Ishdan chetlatish haydalish deganimi yoki?.." savoliga ham javob beri o`tdi.
Unga ko`ra, ish beruvchi emlanmagan xodimni ishdan haydamaydi, ishdan chetlatadi. Ishdan chetlatish vaqtinchalik holat bo`lib, vaziyat iziga tushgach, ya`ni chetlatishga sabab bo`lgan holat bartaraf etilgach xodim yana ishini davom ettiraveradi. Biroq ishdan chetlatib turilgan muddat uchun oylik maosh to`lanmaydi.






