AsosiyJamiyat

Farg`onalik fuqaro 45 yoshida tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo`ldi

'Farg`onalik fuqaro 45 yoshida tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo`ldi'ning rasmi

Konstantin Lopotin 1980 yilda onasi va akasi bilan Rossiyaning Moskva shahridan Farg`ona viloyatiga ko`chib keladi. Konstantin shu vaqtda 3 yosh edi. Moddiy etishmovchilik sabab bolalarga tug`ilganligi haqidagi guvohnoma olinmagan.  

Maktab yoshiga etgan Lopotinning onasi imkon topib Farg`ona shahridagi 24-umumta`lim maktabga olib boradi. 11 yil davomida mana shu maktabda bilim olgan Konstantin yillar davomida o`zining rasmiy hujjatlari bo`lishini, mamlakat fuqarosi deyishlarini istagan.  

1997 yildan shu kunga qadar Konstantin bir nechta mutasaddilar, huquqshunoslar, hokimlik vakillaridan tug`ilganligi haqidagi guvohnoma olishda ko`mak so`raydi. Afsuski, ulardan qoniqarli javob olmagan. Aniq bir fuqaroligi bo`lmagan Konstantin Lopotin shu kungacha Oliy ta`lim muassasalarida tahsil olishni orzu qiladi halos, davlat ishida ham ishlamoqchi bo`ladi, ammo har bir ish joyidan ma`lum hujjatlar so`ralardi.

Shu sababli yillar davomida u yollanma ishchi sifatida faoliyat olib borgan. Lopotinning so`ngi so`rov manzili Farg`ona viloyati adliya boshqarmasi bo`ladi. O`zini qiynab kelayotgan mavjud muammoni aytadi. Boshqarma xodimlari darhol sudga da`vo arizasini kiritadi.

Arizada Konstantin Lopotinga tug`ilganligi haqidagi guvohnomani berilishi, u 42 yildan buyon O`zbekistonda istiqomat qilayotganligi aks etgan 45 yoshida rasmiy hujjatlarni qo`lga olgan Konstantin birinchi navbatda uy sotib oladi. So`ngra oila qurishni rejalashtiryotganini ham aytadi . 

Boshqa yangiliklar