Bugun, 5 avgust kuni soat 14:20 larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining 1288-kilometrida haydovchi N.A. boshqaruvida bo`lgan "Lacetti" rusumli engil avtomobil hamda haydovchi D.T. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va "Lacetti" avtomobilida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Natijada, "Lacetti" avtomobilida bo`lgan 4 nafar yo`lovchi YTH hamda yong`in oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






