2000 yilda tug`ilgan Nishonova Dilnoza Komil qizi joriy yilning 30 iyul kuni Yakkasaroy tumani Andijon ko`chasida joylashgan manzildan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma`lum qildi.
Belgilari: bo`yi 160-165 sm, ozg`indan kelgan, ko`zlari qora.
Egnida: qora ro`mol, qora kofta, ko`k jinsi, oq krossovka va pushti ryukzak bo`lgan.
Agar Nishonova Dilnoza Komil qizi haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo`limiga yoki 102, 71-230-98-44, 71-255-94-96 raqamlari orqali xabar berishingiz so`ralgan.






