AsosiyJinoyat

Jizzaxda o`g`il otasini urib o`ldirdi

'Jizzaxda o`g`il otasini urib o`ldirdi'ning rasmi

Jizzaxda ota va o`g`il o`rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik otaning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan "Jinoyat va adolat" ko`rsatuvida ma`lum qilindi. 

Ko`rsatuvda qayd etilishicha, mazkur jinoyat Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, shahar prokuraturasi mas`ullari va mahalla faollari ishtirokida muhokama qilingan. 

Ma`lum qilinishicha, Jizzax shahar, Bunyodkor mahallasida ota va o`g`il orasida turli kelishmovchiliklar sabab janjal kelib chiqqan. O`g`il o`z otasiga qo`l ko`tarib, unga jiddiy jarohat etkazgan. Natijada, ota olgan jiddiy jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar