Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi naslchilik – seleksiya ishlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida 274 ta xo`jalik naslchilik toifasiga o`tkazilib ularning soni 1 580 taga etkazildi.
Ushbu naslchilik xo`jaliklari tomonidan 2026 yilda aholi xonadonlariga 1 000 mingdan ziyod naslli qoramollarni etkazib beradi.
2016-2019 yillar oralig`ida jami naslchilik xo`jaliklari soni 503 tani tashkil etgan xolos.
O`tgan davrda aholi xonadonlaridagi sigir va tanalarni sun`iy urug`lantirish bo`yicha tizim to`g`ri yaratilmaganligi oqibatida joylarda texnik mutaxassislar tanqisligi yaqqol kuzatilgan.
Bir nafar texnik mutaxassisga yillik 1000-1500 bosh sigirlarni sun`iy urug`lantirish to`g`ri kelgan, biroq bir nafar texnik mutaxassisning ish yuklamasiga ko`ra 600-700 bosh sun`iy urug`lantirish imkoniyatiga ega. Natijada aholi xonadonlarida sun`iy urug`lantirish ishlari etarli darajada olib borilmagan.
Hukumatimiz tomonidan chorvachilik sohasida olib borilayotgan odilona siyosatlar natijasida bugungi kunda respublikamizda sun`iy urug`lantirish bilan shug`ullanayotgan texnik mutaxssislarning oylik maoshlari belgilangan holda o`tgan bir yil davomida qo`shimcha 3000 nafar texnik mutaxassislar ishga jalb etildi.
Joylarda naslchilik ishlarini rivojlantirish va sun`iy urug`lantirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida mahalliy byudjetlardan respublika bo`yicha jami 33 mlrd. 267mln. so`m mablag`lar ajratilib, buning hisobidan sun`iy urug`lantirish shahobchalari zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi. (2016-2018 yillarda osemenatorlarni moddiy bazasini mustahkamlash uchun umuman davlat byudjetidan mablag`lar ajratib berilmagan)
Ushbu mablag`lar hisobidan 3 dona 4,2 tonnalik suyuq azotni tashish uchun Kriogen idishi, 3 dona suyuq azotni etkazib berishga mo`ljallangan maxsus avtomashina, 1100 dona Dyuar idishi,
900 dona texnik mutaxassislar sumkasi, 1270 dona velosiped, 91 dona“Damas Van” maxsus avtomashinasi bilan ta`minlandi.
Joriy yilda chorvachilik xo`jaliklarida va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 2,4 mln bosh (2017 yilda 1,1 mln bosh) sigir va tanalar sun`iy urug`lantiriladi.
2016-2017 yillar oralig`ida nasli yaxshilangan qoramollar bosh soni 17 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2021 yilga kelib bu ko`rsatkich 54 foizga 2026 yilga borib 80 foizni tashkil etadi.
Sof zotli naslli poda ko`rsatkichi 2016-2017 yillarda 7foiznitashkil etgan bo`lsa, 2021-2026 yillarda bu ko`rsatkich 30 foizgaetkaziladi.
Chorvachilik tarmog`ini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning bugungi kuniga qadar jami 199ta chorvachilik xo`jaliklariga davlat byudjetidan 23,5 mlrd. so`m, jumladan import qilingan 6 ming 96 bosh naslli qoramollarga 12,2 mlrd so`m, 6 ming bosh naslli qo`y-echkilarga 2,4 mlrd so`m hamda ichki xo`jaliklarda etishtirilgan 741bosh naslli qoramollarga 741mln so`m, import qilingan 498 ming bosh bir kunlik jo`jalarga 4,5 mlrd so`m va intensiv usulda etishtirilgan baliqlarga 3,7 mlrd so`m subsidiya mablag`lari ajratildi.
Ma`lumot uchun: 2016-2017-yillarda subsidiya tizimi umuman bo`lmagan.






