AsosiyJamiyat

Koronavirus va pnevmoniya: 1547 kasallanish va 6 ta o`lim holati qayd etildi

'Koronavirus va pnevmoniya: 1547 kasallanish va 6 ta o`lim holati qayd etildi'ning rasmi

2021 yil 5 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134826 (+974) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 103 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 110 nafari Jizzax viloyatida,
  • 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 102 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 96 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 40 nafari Xorazm viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent viloyatida,
  • 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 128 nafar,
  • Buxoro viloyatida 22 nafar,
  • Jizzax viloyatida 124 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
  • Navoiy viloyatida 30 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 70 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 82 nafar,
  • Xorazm viloyatida 73 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 128191 (+882) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 916  nafarni tashkil qildi.

 

2021 yil 5 avgust kuni 547 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 13531 nafarga etdi. Kecha ularning 551 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 6046 nafarni tashkil qilmoqda.  

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 90 nafarga etdi.

Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog`ayish ko`rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar