Farg`ona shahrida 3 avgust kuni ko`p qavatli uyda yashovchi keksa yoshli fuqaroga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan yordam ko`rsatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, shaharda joylashgan ko`p qavatli uyning yuqori qavatida istiqomat qiluvchi keksa ayol bir kundan buyon ko`chaga chiqmayotgani, qo`shnilar chaqirganda javob bermaganidan xavotirlanib, murojaat qilingan.
Qayd etilishicha, profilaktika inspektori hamkorligida qutqaruvchilar maxsus uskunalar bilan 3-qavatdagi xonadonning balkoni orqali uyga kirgan. Ular eshikni ochib, xonadon yotoqxonasida fuqaroning betob bo`lib yotib qolganini aniqlagan.






