“Hududgaz Jizzax” xodimlari tomonidan tabiiy gaz sarfini hisobga oluvchi “Fossa” dasturiga yuqoridagi tadbirkorlik sub`ektlarining hisobiga qariyb 903 million so`mlik noreal qarzdorlik kiritilgan. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan “Hududgaz Jizzax” gaz ta`minoti filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlariga qonuniy baho berish va ularga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atish taklifi viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Biznes-ombudsmanning taklifi bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilib, natijada “Hududgaz Jizzax” gaz ta`minoti filiali, “Hududgaz Metrologiya” filiali Jizzax bo`limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






