AsosiyDunyo

Tojikistonda rossiyalik sayyohlarni qutqarayotgan vertolyot halokatga uchradi

'Tojikistonda rossiyalik sayyohlarni qutqarayotgan vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Joriy yilning 4 avgust kuni rossiyalik sayyohlarni qutqarish uchun havoga ko`tarilgan Tojikiston chegara xizmatining MI-8 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Asia-Plusning ishonchli manbasi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, halokat natijasida bir kishi vafot etgan, yana to`rt kishi turli tan jarohatlari olgan.

Ma`lum qilinishicha, vertolyot 4 avgust kuni peshin chog`ida VABOning Vanj tumani Rovand mahallasidagi Poyi Mazor qishlog`ida Abdulkaxor darasidagi Xirson muzliklariga qo`nayotganda qulagan.

Hozirda voqea sabablari aniqlanmoqda.

"Chegara postining vertolyoti uchib ketdi, boshqa hech narsa bilmayman, biz buni aniqlashga harakat qilyapmiz",– deydi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi matbuot kotibi Umeda Yusupova .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar