Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi M.A. abiturient D.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali institutning “Pediatriya ishi” yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 10 000 AQSh dollari bilan birga fuqarolik pasporti nusxasi va abiturient varaqchasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 000 AQSh dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lumotiga ko`ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






