AsosiyJinoyat

Toshkentda 15 yoshli qiz uch nafar shaxs tomonidan zo`rlandi

'Toshkentda 15 yoshli qiz uch nafar shaxs tomonidan zo`rlandi'ning rasmi

Toshkentda 15 yoshli qizcha uch nafar shaxs tomonidan zo`rlandi. Ulardan biri qizchaning o`qituvchisi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 2021 yil 27 aprel kuni o`rta maktab 8 sinf o`quvchisi 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qizga nisbatan dastlab 1991 yilda tug`ilgan Anvar X. tomonidan, keyinchalik uning ikki nafar tanishi – Mansurjon M. va Boymuhammedov G. tomonidan jinsiy turdagi jinoyat sodir etilgani to`g`risida xabar kelib tushgan.

Mazkur fakt bo`yicha 2021 yil 30 aprel kuni gumonlanuvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasi (“O`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

5 may kuni Anvar X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov taqdim etilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi. Mansurjon M. va Boymuhammad G.lar tergovdan yashiringanliklari sababli joriy yilning 20 may kuni jinoyat ishining ularga nisbatan qo`zg`atilgan qismi alohida yuritiladigan bo`ldi.

Anvar X.ga nisbatan qo`zg`atilgan ish bo`yicha to`plangan hujjatlar Mirobod tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudiga yo`naltirildi. 

1 iyun kuni ikkala fuqarolar ham qo`lga olinib, gumonlanuvchilar tariqasida jinoyat ishiga jalb qilindilar. Joriy yilning 30 iyun kuni Mansurjon M. va Boymuhammad G.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasi bo`yicha ayblov taqdim etildi. Shu kunning o`zida dastlabki tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga oshirildi. Tergov organi tomonidan ayblanuvchilarning aybini isbotlovchi barcha dalillar to`plandi, yakuniy baho sud tomonidan beriladi.

Boshqa yangiliklar