Prezident farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko`rib chiqiladi.
Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.
2021 yilda yangi tartib bo`yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko`paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.
Shuningdek, ipoteka kreditlari bo`yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so`mdan 1 trln 97 mlrd so`mga oshirildi.
Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang`ich badal uchun subsidiyaning eng ko`p miqdori 28 mln so`mdan 31 mln 500 ming so`mga ko`paytirildi