Avvalroq, Toshkentda 20 yoshli kelinchak ko`p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura darakchi.uz ga ushbu voqeaga oid yangi tavsilotlarni ma`lum qildi.
Unga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilishi natijasiga ko`ra, 2021 yil 20 iyulida JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Ammo marhumaning onasini ijtimoiy tarmoqlarda qilgan chiqishidan so`ng, mazkur qaror, to`plangan hujjatlar bilan tuman prokurori tomonidan o`rganilib, qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv o`tkazish zarurati tug`ilganligi sababli 2021 yil 23 iyulda bekor qilingan va qo`shimcha tekshiruvga qaytarilgan. Bu haqda Bosh prokuratura "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tekshiruv natijasiga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.
Eslatib o`tamiz, Sud tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 21 iyundagi 650-sonli dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, E.Ozodovaning o`limi “Bosh ko`krak chanoq, qo`l qo`shma jarohati, bosh miya pardalari to`qimalari qorinchalariga qon quyulishi, yuz pastki jag` suyaklari sinishi” natijasida sodir bo`lgan.






