O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-40° ni, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarimda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.






