Kecha 461 mingdan ortiq emlash amalga oshirilib, kunlik rekord qayd etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati ma`lum qildi.
6 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 461 802 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 374 058 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 66 499 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 21 245 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 9 554 258 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 6 446 527 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 240 447 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 867 284 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 319 956 nafarni tashkil qilmoqda.
6 avgust kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (55 437 doza),
- Qashqadaryo viloyati (48 978 doza),
- Andijon viloyati (46 138 doza),
- Farg`ona viloyati (43 464 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 161 144 doza,
- Namangan viloyatida 1 158 484 doza,
- Andijon viloyatida 1 042 250 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






