AsosiyJinoyat

Qarshida voyaga etmagan qizni zo`rlab kelgan yigitga nisbatan jinoyat ishi ochish rad etildi

'Qarshida voyaga etmagan qizni zo`rlab kelgan yigitga nisbatan jinoyat ishi ochish rad etildi'ning rasmi

Qarshi shahar “Qavali” MFYda yashovchi M.Sh. Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida, 2020 yil oktyabr oyining boshidan 2021 yilning 01 fevral kuniga qadar voyaga etmagan qizi Sh.J.ni Sh.Q. ismli fuqaro Qarshi shahar “Qavali” mahallasida yashovchi F.M.ni yashash xonadoniga bir-necha bor muntazam ravishda olib borib “senga uylanaman” deb uni aldab, uning qarshiliklariga qaramasdan u bilan jinsiy aloqada bo`lib nomusiga tekkanligini, shu sababli Sh.Q.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni bildirgan.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati ma`lum qilishicha mazkur ariza Qarshi shahar 3-sonli IIBda belgilangan tartibda ro`yxatga olinib, tergovga qadar tekshirish harakatlari Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi tomonidan olib borilmoqda.

 Holatga oydinlik kiritish maqsadida Sh.J.ga nisbatan bir necha bor sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, ekspertiza xulosalari olingan. 

Tergovga qadar tekshirish xarakatlari natijasiga ko`ra, Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi tomonidan fuqaro Sh.J.ning arizasi yuzasidan fuqaro Sh.Q.ning harakatlarida jinoyat alomatlari yo`q deb topilib, to`plangan hujjatlarga asosan, JPKning

83-moddasi 2-bandi tartibida jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan va natijasi arizachi M.Sh.ga aloqa xati orqali yozma ma`lum qilingan.

Jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqidagi hujjatlar Qarshi shahar prokurori tomonidan Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo`shimcha ravishda ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar