AsosiyJamiyat

Namanganda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi piyodani umriga zomin bo`ldi

'Namanganda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi piyodani umriga zomin bo`ldi'ning rasmi

3 avgust kuni soat 22:30 larda, Namangan shahar Yuqori Rovuston MFY Intertola ko`chasida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-2103 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmagan. U yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 1959 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar