Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`teazildi.
Unda, fuqaro T.Q va A.Xlar pandemiya sharoitida aholining iste`mol talabi yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat narxlarda o`tkazish orqali daromad orttirishni ko`zlab, xorijda ishlab chiqarilgan “Remdesivir” nomli dori vositasini har bir donasini 640 ming so`mdan hisoblab, jami 120 donasini 76,8 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga tegishli avtomashinada yana 30 dona "Remdesivir" dori vositalari borligi aniqlanib, jami 101,6 mln so`mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






