AsosiyJamiyat

Jomboyda kannabis “plantasiyasi” topildi

'Jomboyda kannabis “plantasiyasi” topildi'ning rasmi

Samarqandda o`tkazilayotgan «Jinoyatchilikka qarshi kurash» tezkor profilaktik oyligi doirasida ko`p miqdorda «kannabis» o`simligini etishtirayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar qildi.

Olingan ma`lumotlardan ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 7 avgust kuni Jomboy tumani «Olmazor» mahallasida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan B.E. ning yashash uyida tintuv tergov harakatlari o`tkaziladi.

Tintuv davomida ushbu shaxsning tomorqasidan 2160 tup «kannabis» giyohvandlik vositalariga o`xshash o`simliklar  aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Bundan tashqari, ushbu hovlidan 512 tup quruq holdagi «kannabis» giyohvandlik vositalari, uyidagi ovqat pishirish pechi ichidan 100 gramm  «kannabis» giyohvandlik vositasining urug`i saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olinadi..

Boshqa yangiliklar