AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kirish imtihonlarida 14 nafar abiturient o`rniga boshqalar kirgani aniqlandi

'Qashqadaryoda kirish imtihonlarida 14 nafar abiturient o`rniga boshqalar kirgani aniqlandi'ning rasmi

Hozirda O`zbekistonda oliy o`quv yurtlariga imtixon topshirish jarayonlari bo`lib o`tmoqda.

 Boshqa viloyatlardagi singari Qashqadaryoda ham bu jarayon qizg`in davom etmoqda.
Pandemiya sharoitida yoshlarni infeksiyadan asrash uchun ularga bir martalik tibbiy niqob va bosh kiyimlar berilmoqda. Albatta, test sinovlarini topshirishda bilimiga, o`ziga ishongan yoshlar hech qanday muammosiz savollarni echmoqda. Biroq ayrim “bilimdon” yoshlar ma`lum manfaat evaziga birovning o`rniga test sinovlarini topshirishga uringanlar uchrab turibti. 
Ziyrak osoyishtalik posbonlarining sa`y-harakati bilan bu toifa shaxslar to`xtatib qolingan.

Qashqadaryo IIBning xabar berishicha, test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha o`zganing o`rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlanib, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar