Buxoro viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Baxronov Asqar Solievich Buxoro viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, utaxassisligi vrach-reanimatolog bo`lgan 50 yoshli A.Baxronov o`z faoliyatini Buxoro viloyati markaziy kasalxonasidan boshlagan. Keyinchalik bir qancha xususiy tibbiyot muassasalarda, so`ngra Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam markazi reanimasiya bo`limi reanimatolog vrachi, shoshilinch tez yordam markazi bo`limi mudiri, ushbu tibbiyot birlashmasi boshlig`i vazifalarida ishlagan. 2015 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.
“Shuhrat” medali sohibi A.Baxronov 2020 yildan boshlab Buxoro viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.