AsosiyJamiyat

Jurnalist uni obro`sizlantiruvchi video tayyorlaganlarni jazolanishini so`rab Toshkent shahar IIBBga arz qildi

'Jurnalist uni obro`sizlantiruvchi video tayyorlaganlarni jazolanishini so`rab Toshkent shahar IIBBga arz qildi'ning rasmi

Internet tarmog`ida "Qalampir.uz" jurnalisti Feruza N.ni obro`sizlantiruvchi video tarqaldi. 

 Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Feruza N. unga tuhmat qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan ma`lum qilgan. 

"Hozirda murojaat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinadi."-deyiladi IIBB xabarida.

Shu o`rinda ,  fuqarolar, yolg`on xabar tarqarish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasi («Yolg`on axborot tarqatish»), hamda tuhmat qilish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasiga («Tuhmat») ko`ra javobgarlikka sabab bo`lishidan ogohlantirilmoqda.

Bundan tashqari, pornografik mahsulotni tarqatish O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 189-moddasi («Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish»), O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasiga («Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish») ko`ra javobgarlikka sabab bo`lishi ta`kidlanmoqda.

Boshqa yangiliklar