AsosiyJamiyat

Farg`onaga fuqarolarning yashash joyiga borib ID-karta rasmiylashtirishga mo`ljallangan planshet olib kelindi

'Farg`onaga fuqarolarning yashash joyiga borib ID-karta rasmiylashtirishga mo`ljallangan planshet olib kelindi'ning rasmi

Prezidentimizning 2020 yil 22 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida identifikasiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga asosan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti va doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning yashash guvoxnomalari o`rniga 2021 yil 1 yanvardan boshlab, identifikasiya ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etildi. 

Fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida farmon talablariga muvofiq, ma`lumotlarni yig`ish punkti mavjud bo`lmagan Farg`onaning eksklav hududlari, Farg`ona tumanining Shohimardon qishlog`i, Rishton tumanining Cho`ng`ara qishloqlarida yashovchi hamda viloyat hudidagi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga kelish imoniyatiga ega bo`lmagan, kasal, nogiron, yoshi katta imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yashash joyiga borib identifikasiya ID-karta rasmiylashtirish  uchun mo`ljallangan ko`chma apparat (planshet) olib kelingan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Identifikasiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo`ljallangan planshet kuniga 200-250 nafar fuqarolarga elektron talabnoma shakllantirish imkoniyatiga ega.

Yuqoridagi  toifaga kiruvchi fuqarolar Farg`ona viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga  97-214-71-00, 73-244-19-88 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar