AsosiyJamiyat

Jizzaxlik fuqaro "Malibu" olaman deb, 300 mln so`mga chuv tushdi

'Jizzaxlik fuqaro "Malibu" olaman deb, 300 mln so`mga chuv tushdi'ning rasmi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, "Qulama" qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi, qurilish korxonasi rahbari I.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 300 million so`mga chuv tushganligini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2019 yilning iyul oyida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, "Boshliq" mavzesida yashovchi E.N. o`ziga tegishli “Malibu”ni arizachining nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, 300 million so`m olgan.

“Malibu”ni ikki yil kutgan I.T. aldanganini tushungach, ichki ishlar organlariga ariza yozishga qaror qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar