“Samarqanddagi bog`chada 1 yoshli go`dak kaltaklangani aytilmoqda” sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati izoh berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 05 avgust kuni Samarqand shahar Bo`stonsaroy ko`chasida yashovchi Sh.N., Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahridagi “Mechta” xususiy bog`chasi tarbiyachisi, shu bog`chada tarbiyalanadigan 1 yoshli farzandini yuz qismiga urganligi bayon qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakuniga ko`ra qo`shimcha ma`lumot beriladi.






