Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni so`radi.
Eslatib o`tamiz, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
"Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda o`zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini o`rganib, zarur holatda yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish bo`yicha o`z vakolati doirasida barcha choralarni ko`radi",–deyiladi xabarda.






