Bugun, 8 avgust kuni soat 16:37da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin milliy tabiat bog`i hududida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, xabar asosida zudlik bilan FVV yong`in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga etib borishgan. Hozirda yong`inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to`liq nazorat ostida.
"Tez orada FVV matbuot xizmati tomonidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etiladi",–deyiladi FVV axborotida.