O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni, janubda ba`zi joylarda 42° gacha ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° ni tashkil etadi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.






