Avvalroq, Farg`onada tez yordam shifokori sobiq ichki ishlar xodimi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan IIV Matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 3 avgust kuni Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida tez yordam xizmati shifokorning fuqaro tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur holat ichki ishlar vazirligi tomonidan to`liq nazoratga olingan. Jabrlanuvchiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.
"Jamoatchilikdan, ushbu vaziyatni ichki ishlar organlariga bog`lab sun`iy shov-shuv chiqarmasliklarini so`raymiz", - deyiladi munosabatda.






