2021 yil 7 avgust kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi.
7 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
-my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqaminiki kiritgan holda.
-mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda.
-Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:
@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot
-Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.