Mazkur uy-joylar Prezidentning 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan qurib bitkazilmoqda.
Qiymati 138 milliard 100 million so`m bo`lgan uy-joylarning 60 xonadonlilari Kasbi, Koson, Nishon va Muborak tumanlarida qurilsa, 40 xonadonli uylar Mirishkor, Chiroqchi, Dehqonobod, Yakkabog`, Qamashi tumanlarida quriladi. Qarshi va Kitob tumanlarida 120 xonadonli, Shahrisabz tumanida esa 180 xonadonli uy-joylar quriladi.
“Ko`pchilik yurtdoshlarimizda shunday uy-joylardan olish uchun nima qilish kerak degan savol tug`ilyapti. Dasturdagi arzon uy-joylardan olish uchun fuqaro tuman hokimligi huzuridagi talabgorlarni aniqlash komissiyasiga ariza bilan murojaat qilib, hujjatlarini taqdim etishi kerak”, — deydi “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi viloyat filiali direktori Qo`yli Narzullaev.
Qo`yli Nazullaevning qo`shimcha qilishicha, 2021-yil yakuniga qadar aholi talabidan kelib chiqib Shahrisabz tumanida yana 540 xonadonli 27 ta uy qurilishi ham rejalashtirilgan bo`lib, qurilish ishlari boshlanish arafasida turibdi.






