"Qishloqqurilishinvest" bu haqda ma`lumot berdi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar kerak bo`ladi:
1. Tuman hokimi nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (tumanda doimiy yashaydigan);
3. Soliq to`lovchining identifikasiya raqami nusxasi (STIR);
4. Oila a`zolari pasportlari nusxasi va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to`liq oila va nikoh hamda voyaga etgan farzandlar mavjud bo`lgan taqdirda) va/yoki farzandlar tug`ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga etmagan farzandlar mavjud bo`lgan taqdirda) nusxalari;
5. Yashash joyidan oila tarkibi to`g`risida ma`lumotnoma;
6. Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikox bekor qilinganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to`g`risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to`g`risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYo) arxividan ma`lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
7. Doimiy ish joylaridan berilgan ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila a`zolarining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to`g`risida ma`lumotnoma va pensiya jamg`armasi daftarchasi nusxasi;
8. Doimiy propiska joyidan kadastr hujjati nusxasi;
9. Doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo`yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi;
10. Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish to`g`risida shartnoma yoki er resurslari va davlat kadastr tuman bo`linmasidan ma`lumotnoma nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi bo`lmagan holatda);
11. Nogironlik guruhi ko`rsatilgan holda pensiya guvohnomasi, ushbu hujjat mavjud bo`lmagan taqdirda Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasidagi tumanlararo (tuman) tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) ma`lumotnoma nusxasi (oila a`zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjud bo`lgan holatda);
12. Turar joyi bo`yicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) ma`lumotnomasi yoki ariza beruvchining oila a`zolari orasida surunkali kasallikning og`ir turlaridan azob chekuvchi va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo`lgan shaxsning mavjudligi holatida-tumanlararo (tuman) TMEK ma`lumotnomasi.
Hujjatlar 15 kun mobaynida ko`rib chiqilib, fuqarolarga yozma tavsiyalar beriladi yoki rad qilinadi. Komissiyadan yozma tavsiya olgan fuqarolar dastlabki shartnoma tuzish uchun “Qishloqqurilishinvest” MChJ IK viloyat filialiga murojaat qiladi.






