Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo`limi tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.X. 3 nafar ayolga (1992, 1995 va 1999 y.t) o`z hisobidan aviabilet sotib olib berib, ularni Turkiya Respublikasi Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollab, Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Antaliya” yo`nalishi orqali jo`natayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






