AsosiyJamiyat

Yarim yilda 5 million 700 mingga yaqin iste`molchining huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlandi

'Yarim yilda 5 million 700 mingga yaqin iste`molchining huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlandi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog`aeva ma`lum qildi.

 Agentlikka joriy yilning o`tgan davri mobaynida iste`molchilardan 15 609ta murojaat kelib tushgan.  

Ularning 52,5 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlariga to`g`ri kelsa, 20,5 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 13,6 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 13,4 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to`g`ri keladi. 

Iste`molchilik huquqlaringiz va manfaatlaringiz buzilgan holatda Agentlikka 1159 qisqa raqam hamda sonsumer.uz veb-sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar