Qashqadaryoda 2021-yil yakuniga qadar 900 xonadonli 35 ta arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi kutilmoqda.
Mazkur uylar Prezidentning 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan qurilishi belgilangan.
Ma`lum bo`lishicha, qiymati 138 milliard 100 million so`m bo`lgan uy-joylarning 60 xonadonlilari Kasbi, Koson, Nishon va Muborak tumanlarida qurilsa, 40 xonadonli uylar Mirishkor, Chiroqchi, Dehqonobod, Yakkabog`, Qamashi tumanlarida quriladi. Qarshi va Kitob tumanlarida 120 xonadonli, Shahrisabz tumanida esa 180 xonadonli uy-joylar quriladi.
Qo`shimcha qilinishicha, 2021-yil yakuniga qadar aholi talabidan kelib chiqib Shahrisabz tumanida yana 540 xonadonli 27 ta uy qurilishi ham rejalashtirilgan bo`lib, qurilish ishlari boshlanish arafasida turibdi.