Ixtisoslashtirilgan maktablarga qoldirilgan test sinovlari OTM imtihonlaridan keyin o`tkazilishi ma`lum qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi AOKA da bo`lib o`tgan brifingda aytib o`tdi.
Unga ko`ra, joriy yil 29-30 iyul kunlari DTM tomonidan o`tkazilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul, saralash tanlovlari natijalari ertaga, 10 avgust kuni soat 10:00dan keyin e`lon qilinadi.
Natijalar my.maktab.uz sayti yoki hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktab ma`muriyati orqali bilib olish mumkin.
Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o`tganlar belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.
"Eslatib o`tamiz, viloyat markazlaridan olisda joylashgan 17 ta tuman va shaharda vaqtincha qoldirilgan test sinovlari OTMga kirish imtihonlari yakunlangan so`ng bo`lib o`tadi.", deyiladi xabarda.






