AsosiyJamiyat

Kitobda bemor vrachlar xatosi tufayli vafot etdimi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi

'Kitobda bemor  vrachlar xatosi tufayli vafot etdimi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida yotqizilgan bemorning vrachlar xatosi tufayli vafot etganligi haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Kitob tumani Tibbiyot birlashmasi izoh berdi.

Unga ko`ra, 5 avgust kuni soat 13:30lar atrofida Kitob tumani tez yordam bo`limining Makrid filiali navbatchilik qismiga shu hududda yashovchi N.B.ning qorin sohasida qattiq og`riq yuz berayotganligi bo`yicha qarindoshlari tomonidan chaqiruv kelib tushadi. Shundan so`ng, tezda navbatchi shifokorlar T.Eshonqulov hamda feldsher Z.Qurbonovalardan tuzilgan tez yordam guruhi aytilgan manzil tomon etib keladi. Bemorni ko`rikdan o`tkazish mobaynida, haqiqatda bemor tomonidan qorin sohasda kuchli o`griqdan shikoyati borligi ma`lum qilinadi.

 Shifokorlar tomonidan unga hazm a`zolari faoliyati funksiyasini buzilishi tashxisi qo`yiladi va birinchi yordam sifatida og`riq qoldiruvchi ukollar qilinadi. Shundan so`ng, tibbiyot xodimlari bemorni shifoxonaga yotqizish keraklgini aytishadi, fuqaro N.B. esa ayni vaqtda og`riqlari to`xtaganligi sababli shifokorlar taklifini rad etadi. Shunday bo`lsada, tez yordam xodimlari uning yaqinlariga Ultratovush va labarator tekshiruvlardan o`tishi lozimligini ta`kidlashadi.

Shu kunning o`zida yana fuqaro N.B.da og`riqlar qayta kuchaya boshlaydi va soat 16:00 lar atrofida qarindoshlari tomonidan  Kitob tumani tibbiyot birlashmasi qabul diagnostika bo`limiga olib kelinadi. Bu erda navbatchi shifokor A.Xasanov tomonidan bemor qayta ko`rikdan o`tkaziladi. Har galgidek, birinchi yordam sifatida og`riq qoldiruvchi sifatida ukollar qilinadi. N.B. noshpa in`eksiyasini olgandan so`ng og`riqlari kamayib, o`zboshimchalik bilan shifokorlar ruxsatisiz yashirincha uyiga qaytib ketadi.  

Soat taxminan 22:00larda unda yana og`riqlar  qayta kuchaya boshlaydi va birlashmaning qabul diagnostika bo`limiga murojaat qiladi. Uni bu safar navbatchi reanimatolog M.Xatamov, navbatchi terapevt N.Keldieva va navbatchi xirurg B.Ahmedovlar qabul qilib, zudlik bilan UTT, rengenografiya, EKG, labarator taxlillardan  o`tkazishadi. Tahlil natijalariga asoslanib, bemorga o`tkir pankreatit (oshqozon osti bezining o`tkir yoki surunkali yallig`lanishi) tashxisi qo`yiladi va birinchi yordam sifatida og`riq qoldiruvchi ukollar qilinadi. 

N.B.ning doimiy shfokorlar kuzatuvi ostida bo`lishi kerakligi inobatga olinib, uni tuman shoshilinch tez yordam bo`limiga o`tkazishadi. O`rganishlar davomida bemorda yana qo`shimcha yondosh kasalliklar Qandli diabet va semizlikni 3 darajasi mavjudligi aniqlanadi. Bo`limda shifokorlar tomonidan davolash standartlari asosida zaruriy muolajalar qilinadi. Bemorning holati yaxshilangandan so`ng, kunning ertasiga ya`ni 6 avgust sanasi erta tongda N.B.ning yaqinlari shifokorlarning tavsiyasisiz, uni Samarqand shahriga olib ketishadi.  

Shundan so`ng bemor vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar