Avvalroq, Farg`ona shahrida 11 yoshli voyaga etmagan bolakayning amakisi tomonidan doimiy zo`rlab kelingani haqida xabar bergandik.
Farg`ona viloyat ichki ishlar boshqarmasining rasmiy bayonotiga ko`ra, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur xabar o`rganilganda unda ko`rsatilgan holatlar haqida muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat kelib tushmagan.
Voqea yuzasidan darhol tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holatda tegishli ekspertiza xulosalarini olmasdan, yuzlashtirish, shaxslarni so`roq qilish va boshqa bir qator tergov harakatlarini o`tkazmasdan turib, holatga huquqiy baho berib bo`lmasligi sababli O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovga kirishilgan. Jinoyat ishining tergovi Farg`ona viloyat prokurori va IIB boshlig`i tomonidan alohida nazoratga olingan.






