Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`rg`ontepa tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Andijon davlat universiteti katta o`qituvchisi U.Q., fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg`iziston Respublikasidagi universitetlardan biriga “Stomatologiya” yo`nalishi bo`yicha o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.O`. boshqa bir fuqaro N.ni Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






