Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Investisiyalarni jalb qilish bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2017 - 2018 yillarda chorvachilik va veterinariya sohasida moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun xorijiy davlatlarning grand mablag`lari jalb etilmagan.
2020-2021 yillarda bir qancha xorijiy davlatlarning grand mablag`lari chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun jalb etilmoqda. Jumladan:
AQShning “Biologiya sohasidagi hamkorlik” dasturi doirasida Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, hududiy diagnostik laboratoriyalar tashkil etildi va foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O`zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida 150 mln. dollar miqdoridagi kredit mablag`lari ajratildi.
Shundan, 142,3 mln. dollar mablag` tadbirkorlik sub`ektlariga tijorat banklari, xususan “Xalq banki” (61,6 mln doll., 43%), “O`zsanoatqurilishbank” (16 mln doll., 11%), “Turon bank” (11,5 mln doll., 8%), “Ipotekabank” (11,3 mln doll., 8%), “Aziya Alyans bank” (8,5 mln doll., 6%), “Aloqabank” (10 mln doll., 7%), “Davrbank” (3,4 mln doll., 2%), “Qishloqqurilishbank” (10 mln doll., 7%) va “Asakabank” (10 mln doll., 7%) tomonidan kredit sifatida berildi.
Buning natijasida fermer xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan amalga oshirilgan 504 ta loyihalar moliyalashtirilib, 29 ming bosh yirik shoxli va 16,5 ming bosh mayda shoxli mollar, 710 bosh ot va tuya, 2,5 mln bosh parranda boqish quvvatiga ega uskuna, shuningdek, baliq etishtirish va sutni qayta ishlash texnologiyalari xarid qilindi.
Loyiha doirasida veterinariya xizmatini rivojlantirish uchun ajratilgan 2,0 mln. AQSh dollar kredit mablag`lari va Evropa Ittifoqining grant mablag`lari hisobidan:
- 14 ta dezinfeksiya qiluvchi transport vositalarini xarid qilish bo`yicha shartnomalar imzolandi;
- 14 ta avtorefrijator etkazib berildi;
- 1 dona maxsus avtotransport vositasi xarid qilindi;
- 2 dona ultrabinafsha nur bilan yuqori samarali havoni zararsizlantiruvchi filtr o`rnatilgan kamera o`rnatildi;
- Videokonferensaloqa uskunalari etkazib berildi;
- 1000 dona avtomat shpris bilan ta`minlandi;
- chegara veterinariya punktlari uchun laborator ekspress-analizatorlar etkazib berildi;
- veterinariya axborot tizimida qator dasturiy ta`minotlar yaratilmoqda;
- 6 dona mobil veterinariya laboratoriyalarini xarid qilindi.






