AsosiyDunyo

1 kun ichida dunyoda 461 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan kasallandi

'1 kun ichida dunyoda 461 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan kasallandi'ning rasmi

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 461 377 yangi holati aniqlandi.

8 170 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.08.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  203 million 356 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 302 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 35,501 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o`rinda Hindiston (31,969 milliondan ortiq),  

uchinchi o`rinda Braziliya (20,151 milliondan ortiq),

to`rtinchi o`rinda Rossiya (6,469 milliondan ortiq),

beshinchi o`rinda esa Fransiya (6,154 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 183, Hindistonda 35 499, Braziliyada 43 033,  Rossiyada 22 160, Fransiyada esa 19 692 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

Boshqa yangiliklar