AsosiyJamiyat

Namanganda 8-sinf o`quvchisi daryoga cho`milgani tushib, bedarak yo`qoldi

'Namanganda 8-sinf o`quvchisi daryoga cho`milgani tushib, bedarak yo`qoldi'ning rasmi

 Bu haqda darakchi.uz ga xabar  bergan FVVga ko`ra, joriy yil 5 avgust kuni soat 18: 40 atrofida Uchqo`rg`on tumani O`rdabog` mahallasida yashagan 42-sonli maktabning 8-sinf o`quvchisi A.R. dehqon bozoridan chiqib, yaqindan oqib o`tuvchi Norin daryosiga cho`milgani tushgan va shundan so`ng bedarak yo`qolgan.

6 avgust kuni bolaning ota-onasi va yaqinlari tuman favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilgan. Shundan beri har kuni 40 ga yaqin g`ovvos Norin daryosining Uchqo`rg`on tumanidan boshlab, Pop tumanigacha bo`lgan qismidan bolani izlashmoqda.

Ma`lum qilinishicha, suvga maxsus to`r ham tashlangan. Shuningdek, tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in qutqaruvchilari tomonidan suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib o`tuvchi Norin daryosida cho`milish qat`iyan taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar