Joriy yilning 30 iyun kuni Rossiya Federasiyasi "Moskva-Volgograd" avtomobil yo`lida yuz bergan avtohalokatda tan jarohatini olgan fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi.
Fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog`liq xarajatlari sug`urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o`zbek diasporasi vakillari tomonidan yig`ilgan mablag`lar hisobidan to`lab berildi.
Ushbu fuqarolar shifoxonada to`liq reabilitasiyadan o`tganidan so`ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Volgograd-Moskva-Urganch yo`nalishida aviachipta rasmiylashtirildi.
Yurtdoshlarimiz bugun, 10 avgust kuni Urganch shahriga etib keldi.






