Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O`.Ya. va I.S.lar ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini aholiga qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni ko`zlab, “Remdesivir for injection 100mg” dori vositasini har birini 680 ming so`mdan hisoblab, to`lovni AQSh dollarida amalga oshirishga kelishib, jami 300 dona “Remdesivir for injection 100mg” dori vositasini 19 100 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






