Bugungi kunda respublika bo`yicha jami Vazirlik balansidagi 578 ta qozonxonadan 500 tasi faoliyat ko`rsatib kelmoqda, markazlashgan issiqlik tarmoqlarining 2 500 km bo`lgan qismi yaroqsiz ahvolda bo`lib, tarmoqdagi yo`qotishlar o`rtacha 35-40 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti AOKAda o`tkazilgan Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi ishtirokidagi matbuot anjumanidan xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 apreldagi topshirig`iga muvofiq, 31 ta vazirlik idoralar va xo`jalik birlashmalarning takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlarini va ko`p kvartirali turar joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi. Loyihaga ko`ra:
I. Issiqlik va ichimlik suv ta`minoti ob`ektlari bo`yicha:
- 28 ta markaziy va mahalliy qozonxonalarni mukammal va 66 ta qozonxonalarni joriy ta`mirlash;
- 930 ta turli markadagi qozonlarni mukammal va joriy ta`mirlash;
- 746,9 km issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy ta`mirlash rejalashtirilgan.
- Bugungi kunda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida:
- 19 ta (67,8 %) markaziy va mahalliy qozonxonalarni mukammal ta`mirlash;
- 42 ta (63,6 %) markaziy va mahalliy qozonxonalarni joriy ta`mirlash;
- 597 ta (64,1%) qozonlarni mukammal va joriy ta`mirlash;
- 438,6 km (58,7%) issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, jami 760,6 km ichimlik suv tarmoqlarini va 1 314 dona nasos uskunalarini mukammal va joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2021 yilda amalga oshirilayotgan ishlar:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936 son qaroriga asosan 100,0 mlrd.so`m mablag`lar hisobidan 5 ta (Yangiyo`l shahridagi “RK-1”, “Turon”, Samarqand shahridagi “RK-1”, “Marg`ilon issiqlik manbai” AJ orqali Marg`ilon shahridagi 130 ta ko`p xonadonli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta`minlash loyihasi, Keles shaharchasidagi “Ozodlik” MFYdagi ko`p xonadonli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta`minlash loyihasi) ob`ektlarda modernizasiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo`l shahridagi “Turon” markaziy qozonxonasini modrenizasiya va rekonstruksiya kilish orqali mavjud 23 ta ko`p qavatli uylar va 2 ta ijtimoiy soha ob`ektlariga “Toshkent viloyati issiqlik elektr markazi” AJ orqali markazlashgan issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta`minlash ko`zda tutilgan.
Yangiyo`l shahridagi “RK-1” markaziy qozonxonasini 13 mlrd.so`m mablag`lar hisobiga modrenizasiya va rekonstruksiya qilish orqali mavjud 54 ta ko`p qavatli uylar va 4 ta ijtimoiy soha ob`ektlariga markazlashgan issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta`minlash ishlari boshlab yuborilgan.
Zangiota tumani Keles mavzesida 500 mln.so`m mablag`lar hisobiga 1 ta mahalliy qozonxona hamda 100 m.dan iborat issiqlik tarmog`i modernizasiya va rekonstruksiya qilinib ishga tushirilishi arafasida. Buning atijasida 3 ta ko`p qavatli uylar (154 ta xonadon) issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta`minadi.
Samarqand viloyati Samarqand shahridagi RK-1 markaziy qozonxonasida jami 74, 6 mlrd.so`m mablag`lar hisobidan (21MVt)li 3 ta avtomatik tizimli qozonlarini o`rnatish hamda 15,4 km issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrining “Guliston”, “Zuhro”, “Miltiqsoz”, “Chilonzor”, “Sahovat” MFYlari hududlarida joylashgan mavjud 130 ta ko`p qavatli uy (5711 ta xonadon) larni hamda 19 ta ijtimoiy soha ob`ektlariga issiqlik energiyasi “Farg`ona issiqlik elektr markazi” AJ orqali markazlashgan issiq suv va issiqlik energiyasi bilan sifatli va uzluksiz ta`minlash bo`yicha 87,987 mlrd.so`m mablag`lar hisobidan 1 ta nasos stansiyasini qurish, 20,5 km issiqlik tarmoqlari yotqizish va 128 ta dona individual issiqlik punktlari (IIP) o`rnatilishi rejalashtirilgan bo`lib, ishlar olib borilmoqda
Namangan shahri Davlatobod tumanidagi "Mustaqillik" va "Xalqlar do`stligi" MFYlar hududida har birining quvvati 60 MVtga teng bo`lgan 2 ta markaziy qozonxona, 60,0 km issiqlik tarmoqlari qurish va 400 ta IIP o`rnatish ishlariga 157,5 mlrd.so`m mablag`lar ajratilishi rejalashtirilgan. Loyiha natijasida Namangan shahridagi 350 ta ko`p kvartirali uylar (16 334 xonadon) va 37 ta ijtimoiy soha ob`ektlari issiqlik ta`minoti bilan ta`minlanadi.






