Kuni kecha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlarida ishtirok etgan O`zbekiston delegasiyasi Toshkentga etib kelgani haqida yozgan edik.
Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva bilan bir qatorda Bosh vazir Abdulla Aripov ham so`zga chiqdi. Vazir Tokio-2020dagi nohaqliklar haqida gapirdi.
Ikkilanib turgandim lekin aytmasam bo`lmaydi bu haqda. Men shu yoshga kirib hech qachon sudyalarning bunday adolatsizligini ko`rmaganman. Ming afsus, Miraziz Mirhalilov, Tursunoy Rahimovani g`alabagaga erishayotgan vaqtida boshqa bir sportchiga g`oliblikni berib yuborishdi. Ammo bu boshqa sportchilarimizning ishtiyoqini so`ndirib qo`ymadi. Ular bor kuch-g`ayratlarini bir mushtga jamlab O`zbekiston uchun g`alaba keltirib, yorug` yuz bilan qaytib kelishdi. Sudyalar ushbu harakat bilan sportchilar irodasi sinib ketadi deb o`ylashgan edi. Lekin Ulug`bek Rashitov, Akbar Jo`raev, va nihoyat so`ngi kun Bahodir Jalolov mustaqillik kunida 2019 yil bergan vadasini bajardi. Boshqa sportchilar ham xafa bo`lishmasin. Hali oldinda Parij bor. O`sha erda bor kuch-imkoniyatingizni, qolaversa g`ururingizni ko`rsatib qo`yishingizga ishonamiz!