AsosiyJamiyat

Ichki ishlar organlari jurnalist va blogerlarni kiberhujumlardan himoya qila oladimi? Mutassaddilar javob berdi

'Ichki ishlar organlari jurnalist va blogerlarni kiberhujumlardan himoya qila oladimi? Mutassaddilar javob berdi'ning rasmi

Avval ma`lum qilganimizdek, AOKAda IIV faoliyati ochiqligi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli mazmundagi xabarlar yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

Maxsus muxbirimizning xabar berishicha,  anjuman davomida "Ichki ishlar organlari jurnalist va blogerlarni kiberhujumlardan himoya qila oladimi? " savoli berilganida IIV Jinoyat-qidiruv byuosh boshqarmasi mas`ul xodimi Oloviddin Faxriddinov quyidagicha javob bergan:  

 Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik bo`limi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har bitta xabarlar monitoring qilinadi va tegishli xulosalar qabul qilinadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko`riladi. Albatta, ayrim holatlarda vaqt nuqtai nazaridan ish biroz cho`zilishi mumkin, biroq ijtimoiy tarmoqda e`lon qilingan biror bir xabar nazoratsiz, xulosasiz, munosabatsiz qolmaydi.  Afsuski, bizda bunday kanallar ko`p. Ularning hammasi monitoring qilib borilmoqda. 

Boshqa yangiliklar